07:23 / 21.05.2024
8983

Toshkentda Matiz urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida Matiz yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi, u voqea joyida halok bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Foto: IIBB YHXB

Mirzo Ulug‘bek tumanida piyoda o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Joriy yilning 20 may kuni soat 21:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrabot ko‘chasi 4-uy qarshisida 1989 yilda tug‘ilgan (erkak) P.M. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yoshi 35-40 atrofida rus millatiga mansub piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top